The Washington Post gazetasi Turkiyada izsiz yöqolgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining nomidan böş sahifa e'lon qildi. «Yöqolgan ovoz» maqolasi naşrning bosma va elektron versiyalaridagi «Fikrlar» bölimida juma kuni paydo böldi.
Qoşiqçining navbatdagi materiali paydo bölişi kerak bölgan gazeta sahifalaridan birining markazida öquvçilar uni surati, ismi va matn joylaştirilişi kerak bölgan böş joyni körişdi. Yöq bölgan matn tagiga tahririyatning «Jamol Qoşiqçining sözlari yuqorida aks ettirilgan bölişi kerak edi», deyilgan kiçik izohi bor. Ta'kidlanişiça, seşanba kunidan beri uning taqdiri haqida heç narsa ma'lum emas.
Jurnalist 2 oktabr kunidan, Istanbuldagi Saudiya Arabistoni boş konsulxonasiga hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun borganidan beri aloqaga çiqmayapti. Öşa kuni uning qalliğiga binoga kirişga ruxsat berilmagan, beş soatdan keyin erkak ketganligi haqida ma'lum qilişgan.
Kuni keça Turkiya TIVga çaqirtirilgan Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elçisi Valid Abdul Karim al-Xorijiy jurnalist qayerdaligi haqidagi ma'lumotga ega emasligini bildirdi. Şu bilan birga, Jamol Qoşiqçi a'zo bölgan Arab OAV Turkiya uyuşmasi raisi Turon Kişlakçining Demiroren agentligiga ma'lum qilişiça, Saudiya tomoni boşqa davlatlarda muxolifat vakillarini öğirlab ketiş bilan şuğullangan. Uning sözlariga köra, bunday hodisalar Şveytsariya, Buyuk Britaniya va Fransiyada sodir bölgan.
Qoşiqçi Ar-Riyoddagi hozirgi siyosatni tanqid qilişi bilan tanilgan. 2017 yilda u vatanidan çiqib ketib, Qöşma Ştatlarda joylaşdi. Jurnalist muntazam ravişda The Washington Post naşriga maqolalar yozadi. Unda Saudiya Arabistondagi vaziyat va davlatning taşqi siyosati tahlil qilinadi, hukumatning muammoli tomonlari yaşirilmaydi va Ar-Riyod tanqid qilinadi. Avvalroq u Saudiya Arabistonidagi Al-Watan gazetasining boş muharriri bölib işlagan va Bahraynda joylaşgan hamda saudiyalik işbilarmonlardan biriga tegişli bölgan Al-Arab telekanalini boşqargan.













