Markaziy bank endi xorijiy valutalar kursini har kuni e'lon qiladi
Valuta birjalari har kuni soat 10.00dan 15.00gacha doimiy ravishda onlayn platformada ishlashi kutilmoqda. Markaziy bank xorijiy valuta kurslarining so‘mga nisbatan qiymatini, birjadagi o‘rtacha narxdan kelib chiqqan holda, har kuni yangilab boradi.

Foto: Getty Images
Joriy yil 6 yanvar kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev xorijiy valuta kurslarining almashinuv qiymati bo‘yicha ma'lumotlar bosh regulyator tomonidan har kuni e'lon qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Joriy yilning fevral oyidan boshlab valuta birjalari har kuni soat 10.00dan 15.00gacha doimiy ishlaydi. Birja ish kuni yakunlangandan, keyin Markaziy bank birjadagi o‘rtacha narxlardan kelib chiqqan holda, har kuni valuta kurslarini yangilab boradi», – degan u.
Hamroyevning ta'kidlashicha, Markaziy bank tomonidan shu yil amalga oshirilishi maqsad qilingan asosiy rejalardan biri – milliy valutaning chet el valutasiga qaramligini kamaytirish va inflatsiya darajasining 10 foizdan oshib ketmasligini ta'minlashdir. Shuningdek, tadbirkorlar tijorat banklaridan onlayn tarzda buyurtma berib to‘g‘ridan to‘g‘ri valuta xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
«Markaziy bank valuta bozorini erkinlashtirish borasida 2017 yilda dastlabki qadamlarni qo‘ygan edi. Prezidentning murojaatnomasida uni yangi bosqichga ko‘tarish oldimizga vazifa qilib qo‘yildi. Ya'ni tadbirkorlar uchun valuta xaridi yanada osonlashishi kerak», – degandi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Prezident murojaatnomasida joriy yilda narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta'kidlangandi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil uchun inflatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi
O‘zbekiston | 07:48
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
Mavzuga oid

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025
Rossiya Markaziy banki chet elga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarni 6 oyga uzaytirdi

12:22 / 20.03.2025