Iqtisodiyot | 13:27
603
1 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan tezlashdi – Markaziy bank

Joriy yilning III choragi yakunlari bo‘yicha, O‘zbekistonda ish haqining real o‘sish sur’ati 9,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo davlatlarida o‘rtacha 4,4 foiz, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 3,3 foiz bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

2025 yilning III choragida O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi mintaqadagi davlatlar bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori shakllandi, deyiladi Markaziy bankning Mehnat bozori sharhida.

 Xususan, III chorakda Markaziy Osiyo davlatlarida real ish haqining o‘rtacha o‘sishi 4,4 foiz, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 3,3 foiz bo‘lgan. Ushbu davrda O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi 9,1 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 2025 yilning III choragida O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 103 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Eng yuqori minimal ish haqi miqdori Belarus (240 AQSh dollari), Ozarboyjon (235 AQSh dollari) va Mongoliya (221 AQSh dollari) davlatlarida saqlanib qolgan bo‘lsa, eng past minimal ish haqi Qirg‘iziston (28 AQSh dollari) va Tojikiston (55 AQSh dollari) davlatlarida kuzatilgan.

Mavzuga oid