Qayd etilişiça, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oşib ketişiga yöl qöymaslik maqsadida import sohasidagi boj tölovlari böyiça berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi.

“Umuman, xalqimiz xotirjam bölişi kerak: sifatli oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, bu borada kafolatlangan zaxirani yaratiş va ularni bozorga uzluksiz yetkazib beriş hamda narx-navo barqarorligini ta'minlaş işlariga ustuvor darajada e'tibor qaratiladi.

Buning uçun Hukumat va hokimliklar tomonidan barça çoralar köriladi hamda bu masala Prezidentning doimiy nazoratida böladi”, - dedi davlat rahbari.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga ösişini, budjet defitsiti yalpi içki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oşmasligini ta'minlaş zarur.

Kelgusi 2 yilda esa budjet defitsitini 2 foizdan oşirmaslik böyiça hukumat zarur çora-tadbirlarni belgilaşi lozim.