Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida prezidentning parlamentga murojaati orqali tizimga yuklangan vazifalar haqida gapirdi. Intervyuda rais 2021 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş va uning ösişiga erişiş borasida oldinda turgan 3ta muhim rejani sanab ötgan. Quyida Nurmurodov bildirgan fikrlaridan asosiy tezislar keltiriladi.  

Inflatsiya darajasi belgilangan me'yorlar doirasida bölişi kerak.

Markaziy bank oldida turgan vazifalardan biri, bu inflatsiya darajasining belgilangan me'yorlar doirasida bölişini ta'minlaşdan iborat.

Inflyatsion targetlaş rejimiga ötiş orqali makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy negizlaridan bölgan inflatsiyani pasaytiriş Markaziy bankka vazifa qilib qöyilgan. 2020 yilda makroiqtisodiy holat qiyinçiligiga qaramasdan, MB 11 yarim foizga inflatsiyani pasaytiriş darajasiga erişgani ta'kidlangan.

Prezident murojaatnomasida 2021 yilda bu körsatkiçni 10 foiz darajasiga tuşiriş vazifasi belgilandi.

Bunga erişişning asosiy yöllari eng avvalo, pul-kredit siyosatida qöllaniladigan pul-kredit instrumentlaridan faol foydalangan holda barça monitar omillarning inflatsiyaga ta'sirini kamaytiriş çoralarini körişdan iborat. Pandemiya şaroitida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga jiddiy e'tibor qaratiş zarurligi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oşib ketişiga yöl qöymaslik maqsadida import sohasidagi boj tölovlari böyiça berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytirilişi belgilab berildi.

Aholining tadbirkorlikka intilişi davlat tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlanadi.

Regulyator oldiga yangi masala qöyilgan. Tadbirkorlikni moliyaviy qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni davom ettiriş maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion söm imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Hukumat tomonidan Jahon banki bilan birgalikda boşlangan qişloqlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturini kengaytiriş uçun qöşimça 100 million dollar yönaltiriladi.