Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nega yoshlarimiz bizdan norozi? Chunki ular bilan zarur darajada shug‘ullanmayapmiz» – Prezident
Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Viloyat hokimi tasdiqlangan ushbu tadbirda respublika miqyosidagi vazifalar, xususan, yoshlarni kasbga o‘rgatish masalasi muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Nega yoshlarimiz bizdan norozi? Sababi, maktabni bitirgandan keyin hech kim ular bilan shug‘ullanmayapti. Maktab 11 yil o‘qitib, o‘qishga kirgiza olmayapti. Mayli, o‘qishga kirolmaganiga yarasha biror hunarli bo‘lsin. Hamma ham oliygohga kirishi shart emas, bunga imkoniyat ham yo‘q.
Bola o‘z o‘rnini topa olmay, sarson-sargardon bo‘lmasin. Mana, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni avtosanoatga qo‘shib berdik. Chunki zamonaviy texnikalar ishlab chiqarmoqchimiz. Ertaga u traktorlarni kimga beramiz. Har biri 150 ming dollarlik traktorlar bor, ularni yoshlar boshqarishi kerak. Musayevga [bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev - tah.] alohida topshiriq - vazir Shermatov bilan birgalikda maktablarda bu tizimni yo‘lga qo‘yasizlar.
Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bilan gaplashdim. Mana, “Navoiyazot”dagi uskunalarni deyarli to‘liq yangiladik. Lekin sizlar qaysi texnologiyani o‘qityapsizlar? Javob qoniqarli emas. Eski texnologiya hali o‘zgarmagan. Ertaga bitirgan talabalar nima qiladi?” – dedi davlat rahbari.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi sessiyada qishloq xo‘jaligidagi vaziyat haqida gapirib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ogohlantirilganini aytgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
12:50 / 12.11.2025
“Asirlar almashinuviga rozi bo‘lmadim” – Ukrainada asir tushgan yigit O‘zbekiston so‘rovini kutmoqda
17:25 / 11.10.2025
Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi
16:42 / 08.10.2025