Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Eplay olmasa, G‘aniyevni ishdan olaman»
Davlat rahbari 22 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Viloyat hokimi tasdiqlangan bu tadbirda Buxoro viloyati oldida turgan qator vazifalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Qishloq xo‘jaligimiz juda orqada. Shaxsan meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Buxoro qishloq xo‘jaligida suvni ikki barobar ko‘p ishlatyapti. Bu suv qancha mehnat bilan yetib kelayotganini bilasizlarmi? Juda ko‘p elektr energiyasi sarflayapmiz.
Suvni tejashni qachon o‘rganamiz? Tomchilatib sug‘orishni qachon kengaytiramiz? Men Xo‘jayevni qattiq ogohlantirdim. Agar eplay olmasa ishdan olaman. Yaqinda ikki vazirni ishdan oldim, buni ham olaman.
Qishloq xo‘jaligimiz ham qoniqtirmaydi. Haligacha sobiq ittifoq uslubida ishlayapmiz. Men 1993 yilda Yevropaga borganimda ko‘rganman, tuproqqa tushadigan har bir tomchi suv, har gramm o‘g‘itning aniq hisob-kitobi bor. Biz qachon hosildorlikni, daromadni ko‘paytiramiz?!
G‘aniyevni [bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev - tahr.] ham ogohlantirdim, tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi”, – dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yildan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat G‘aniyev 2020 yil sentyabrida bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52 / 02.06.2026