Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 13 yashar qiz ona bo‘ldi. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan
Holat bo‘yicha nomusga tegish moddasi bilan ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan. U oilaga avvaldan tanish bo‘lgan. Jinoyat kodeksiga asosan, 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish – 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Buxoro viloyatida 13 yoshli qiz farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Avval tarqalgan mish-mishlarda 12 yoshli qiz o‘gay otasi tomonidan zo‘rlangani aytilgan edi. Bolalar ombudsmani Kun.uz so‘roviga javoban bu ma’lumotni rad etdi. Qayd etilishicha, qiz ayni paytda 13 yoshda bo‘lib, homiladorlik holati homila 6 oylik bo‘lgan vaqtda aniqlangan.
“Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs o‘gay ota emas, balki oilaga tanish shaxs bo‘lgan. Ushbu shaxs qamoqqa olingan va ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bola manfaatida, aybdorga qonundagi eng qat’iy jazo qo‘llanilishini kuzatib boramiz”, deyiladi ombudsman axborotida.
Yaqinda Farg‘onada ham 14 yashar qizning to‘rt nafar shaxslar zo‘rlagani aniqlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
O‘tgan hafta prezident tasdiqlagan 2026 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar uchun umrbod qamoq jazosini joriy etish belgilangan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish – 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
16:15 / 23.05.2026