Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi
Illyustrativ foto/tvc.ru
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorauzoq tumanida 1 iyun kuni Amudaryo tumani Xitoy mahallasida yashagan, R.O‘. “Neksiya-3”, rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lining 681-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmasligi tufayli yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida haydovchi R.O‘. va uning bir nafar yo‘lovchisi olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan hamda yana bir yo‘lovchisi, jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025