Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent viloyatida ham «Toshshaharnur» kabi tashkilot tuzish taklifini ma'qulladi
Toshkent viloyatidagi shaharlarda ham ko‘chalar obodonligi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahrida bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish asnosida shunday taklifni qo‘llab-quvvatlagan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov Chirchiqdagi yangi issiqlik ta'minoti qozonxonasi taqdimoti bilan tanishtirdi. Vazirning Angren shahrida ko‘p qavatli uylarning tomlari ta'mirdan chiqqanda u yerda istiqomat qiluvchi aholining kayfiyati haqidagi gaplarini tinglagan prezident shunday degan: «Nafaqat uylarning tomi, balki bolalar maydonchasi ham qurish, xalqqa hamma sharoitni yaratish, qilinayotgan ishlarni ularga to‘g‘ri tushuntirish kerak».
Davlat rahbari buning uchun kerakli mablag‘ ajratish haqida kerakli ko‘rsatmalarni berdi.
«To‘g‘ri tushuninglar, hech qaysi viloyatda 7ta shahar yo‘q. Shahar – bu alohida infrastruktura degani. Kerakli sharoitni qilmasak bo‘lmaydi. Agar 10 yil avval shu ishlarni boshlaganimizda edi, bu darajaga kelmasdik. Lekin kech bo‘lsa ham amalga oshirib, xalqni rozi qilishimiz kerak», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida ham «Toshshaharnur» kabi tashkilot tuzib ko‘chalarni yorug‘ qilish, obodonlashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tashkilot xodimlarining 28 mlrd so‘m miqdoridagi maoshlarini ajratish haqida topshiriq berdi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Quyi Chirchiqda sholi yetishtirib, uni qayta ishlaydigan korxona faoliyati bilan tanishgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
08:21 / 26.12.2025
“Navoiy” bojxona postida 2,3 kg “mefedron” kontrabandasi to‘xtatildi
09:48 / 18.12.2025