Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terakt ijrochiligida gumonlanib surati tarqatilgan markaziy osiyolik teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi
1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina nomli tungi klubga uyushtirilgan hujum ijrochisiligida gumon qilinib, fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, kelib chiqishiga ko‘ra markaziy osiyolik bo‘lgan shaxs o‘zining aybsizligini ma'lum qildi.
Politsiya terakt IShID a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
Haberturk ma'lumotiga ko‘ra, surati tarqatilgan shaxs Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib, u Turkiyada oyoq kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordir. U o‘zining terrorchi sifatida gumon qilinayotgani haqidagi xabarlardan keyin Istanbulning Zaytunburni tuman ichki ishlar idorasiga borib, teraktga aloqador emasligini ma'lum qilgan. Shuningdek, u o‘zi haqida yolg‘on xabar tarqatib, nomini bulg‘agan saytlar ustidan shikoyat arizasini topshirgan.

Ma'lum bo‘lishicha, tarqatilgan suratlar 3-4 yil muqaddam aeroportda olingan suratlardir.
Mavzuga oid
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
11:34 / 19.02.2026