O‘zbekiston | 19:55 / 01.07.2025
5567
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ozarboyjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Xonkandi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston bilan Ozarboyjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston prezidenti 4 iyul kuni Xonkandi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mavzuga oid