Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo megapolislari va Toshkentda kvartiraga pul yig‘ish uchun qancha vaqt ketadi?
Foto: KUN.UZ
AdMe turli mamlakatlardagi shaharlar aholisiga kvartira sotib olish uchun qancha yil ishlash kerakligini hisoblab chiqdi.
Shu bilan birga, nashrdan aniqlik kiritishlaricha, bu mutlaqo taxminiy vaziyat bo‘lib, bunda barcha ish haqi faqat kvartira uchun yig‘iladi.
O‘rtacha ish haqi soliqlar olib tashlanganidan keyin ko‘rsatilgan, o‘rtacha kvartiraga esa 50 kvadrat metrlik, shahar markazidan tashqarida joylashgan uy-joy tanlab olindi (hisob-kitob o‘zbek so‘mida qilingan).
Berlinda 5,5 yil pul yig‘ish kerak. Germaniya poytaxtida o‘rtacha kvartira 1,1 milliard turadi. Shu bilan birga, o‘rtacha ish haqi esa 16,5 millionni tashkil qiladi.
Londonda pullarni 18 yil davomida bankda saqlash lozim. Ish haqi deyarli 22 million, o‘rtacha kvartira esa 4,7 milliard turadi.
Dubay. Bu yerda 3,5 yil yig‘ish kerak. O‘rtacha ish haqi 25 mln., kvartira esa 1 mlrd turadi.
Pekinda bu biroz qiyin. 10 millionlik o‘rtacha maosh bilan 2,1 milliardlik kvartirani 17,5 yildan keyin sotib olish mumkin.
Janubiy Koreya poytaxti kvartirani 1,8 milliard evaziga taklif qiladi. Sizning ish haqining 20 million bo‘lsa, 7,5 yil yig‘ishingiz kerak.
Nyu-York. O‘rtacha maosh 26,8 million bo‘lganida, 3,9 milliardlik kvartirani 12 yildan so‘ng sotib olish mumkin.
Tokioda 13 yil yig‘ishga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha ish haqi 20,2 mln, kvartira qiymati esa - 3,2 mlrd.
O‘zbekiston. Toshkentda kvartira 260 mln so‘m turadi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi o‘rtacha ish haqi 2,2 mln so‘mni tashkil etadi. Deyarli 10 yil yig‘ishga to‘g‘ri keladi.
Moskvada 12,5 yil pul yig‘ishga majbur bo‘lasiz. O‘rtacha maosh 5,9 million, kvartiraning narxi esa 897 millionni tashkil qiladi.
Qo‘shni Qozog‘istonda o‘rtacha kvartira 311 million turadi. Shu bilan birga, 3,4 millionlik ish haqi bilan siz 7,5 yil pul yig‘ishingiz talab etiladi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026