O‘zbekiston | 11:29 / 20.08.2021
32156
2 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz»dan ketdi, tashkilotga yangi rahbar tayinlandi

«O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Sayidov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov tayinlandi.

Behzod Rahmatullayevich Normatov Energetika vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni vazirlikdagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Behzod Normatov

Behzod Normatov muqaddam «Andijonneft» AJ boshqaruvi raisi bo‘lgan, 2019 yil dekabrida Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan, 2020 yil aprelida Energetika vaziri Alisher Sultonovga o‘rinbosar bo‘lgandi.

U yangi lavozimda Ulug‘bek Sayidovni almashtirdi.

Behzod Normatov 2020 yil dekabrida Senat kengashi majlisida hisobot berish vaqtidagi nutqidagi xato tufayli tanqidga uchragan, senator Qutbiddin Burxonov uning hisobotidan qoniqish bildirmagandi.

2016 yildan «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ulug‘bek Husanovich Sayidov 2019 yil iyulidan buyon ushbu tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning ishdan olinishi sababi hozircha ma'lum emas.

Ulug‘bek Sayidov

Mavzuga oid