Bugun, 23 iyul kuni Özbekiston Energetika vazirligi tizimida qator özgarişlar röy berdi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, «Öztransgaz» AJ boşqaruv raisi Bahodir Eşmuratov boşqa lavozimga ötkazilib, uning örniga 2016 yildan buyon «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi örinbosari vazifasida işlab kelgan Uluğbek Husanoviç Sayidov tayinlandi.

Şuningdek, «Öztransgaz» AJ boşqaruv raisining iqtisodiyot böyiça örinbosari v.v.b Bahriddin Tojiboyeviç Mamadiyev örniga turli yillarda «Özbekneftegaz»da turli lavozimlarda işlagan Alişer Ismoiljonoviç Mirzamahmudov tayinlangan.

Qayd etiş kerakki, Uluğbek Sayidov «Öztransgaz»ning sönggi ikki yarim yildagi beşinçi rahbariga aylandi. 2016 yil dekabrida kompaniyaga boş vazir örinbosari Ergaş Şoismatov (hozir u Özbekistonning Tojikistondagi elçisi) rahbar etib tayinlangan. 2017 yil avgustida esa uning örnida Alişer Mustafoyev iş boşlagandi.

2018 yilning 5 iyunida Şarifjon Tursunov «Öztransgaz» rahbari etib tayinlandi, biroq beş oylik faoliyatdan söng, 23 noyabr kuni u ham lavozimni tark etib, dekabr oyidan Bahodir Eşmuratov «Öztransgaz»ga rahbarlik qila boşlagandi.

Eslatib ötamiz, iyul oyi boşida «Öztransgaz» prezident qarori bilan «Özbekneftgaz» tarkibidan çiqarilgandi. Kompaniya qazib oluvçi taşkilotlardan tabiiy gazni sotib olib, keyinçalik eksport va importga yetkazib beriş, şuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste'molçilarga sotiş bilan şuğullanuvçi yagona operatorga aylandi. «Hududgazta'minot» esa gaz taqsimlaş tarmoqlariga ulangan iste'molçilarga gaz sotiş bilan şuğullanadi.