Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilon shahri hokimi o‘zgardi
Quvasoy shahri hokimi Adhamjon Ziyovuddinov Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
4 aprel kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev shahar hokimi lavozimiga Adhamjon To‘xtasinovich Ziyovuddinov nomzodini tavsiya qilgan. Muzokaralardan so‘ng, ko‘rsatilgan nomzod deputatlar tomonidan Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ma'lumot uchun, Adham Ziyovuddinov 2011 yildan buyon Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
U, shuningdek, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari va 2011 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Mavzuga oid
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
13:40 / 27.09.2025
Marg‘ilonda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi
14:40 / 08.08.2025
Marg‘ilonda ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani Gentra'da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi
11:43 / 28.07.2025