12:30 / 04.04.2020
39587

Marg‘ilon shahri hokimi o‘zgardi

Quvasoy shahri hokimi Adhamjon Ziyovuddinov Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

4 aprel kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev shahar hokimi lavozimiga Adhamjon To‘xtasinovich Ziyovuddinov nomzodini tavsiya qilgan. Muzokaralardan so‘ng, ko‘rsatilgan nomzod deputatlar tomonidan Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Adhamjon Ziyovuddinov / Farg‘ona viloyati hokimligi

Ma'lumot uchun, Adham Ziyovuddinov 2011 yildan buyon Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U, shuningdek, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari va 2011 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

Mavzuga oid
Top