Farg‘onaga bu yil davlat budjetidan 1,4 trln so‘m ajratilmoqda – Moliya vaziri o‘rinbosari
2019 yili Farg‘ona viloyatining investitsiya dasturlari uchun 560 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Joriy yil esa qo‘shimcha ajratiladigan barcha mablag‘lar qo‘shib hisoblanganda, 1 trillion 400 milliard so‘m pul ajratilmoqda. Ya'ni Farg‘ona viloyatiga ajratiladigan mablag‘ bu yil oldingi yil bilan solishtirganda 2,2 baravar ko‘p.
Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan sonida Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov davlat budjetidan Farg‘ona viloyatiga ajratilayotgan mablag‘ miqdori haqida ma'lumot berdi.
«Pandemiya va global inqirozlar sharoitida, odatda, daromadlar tushib ketadi. Lekin daromadlar tushib ketgani uchun xarajatlarni qisqartirsak, buning salbiy oqibatlari oshadi, ishsizlar soni ko‘payadi.
Shuning uchun, Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etildi va daromadlar tushishiga qaramasdan budjet xarajatlari ko‘paytirildi. Buning sababi budjet hisobidan kiritiladigan investitsiyalar orqali ish o‘rinlarini yaratish imkoni bor», dedi Ahadbek Haydarov.
Vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, Farg‘ona viloyati uchun ham ajratiladigan budjet mablag‘lari oshgan. Masalan, o‘tgan yili Farg‘ona viloyatining investitsiya dasturlariga 560 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Joriy yil esa qo‘shimcha ajratiladigan barcha mablag‘lar qo‘shib hisoblanganda, 1 trillion 400 milliard so‘m pul ajratilmoqda. Ya'ni Farg‘ona viloyatiga ajatiladigan mablag‘ bu yil oldingi yil bilan solishtirganda 2,2 baravar ko‘p.
«O‘tgan yili viloyatda yo‘llarni ta'mirlash uchun 49 milliard so‘m, joriy yil esa 110 milliard so‘m ajratilgan. Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash uchun 2019 yilda 54 milliard so‘m ajratilgan, 2020 yil esa shu maqsaddagi ishlarga 94 milliard so‘mdan ko‘proq pul sarflanadi», deya ma'lumot berdi vazir o‘rinbosari.
Ahadbek Haydarov So‘x tumanidagi vaziyatga ham to‘xtalib, hududdagi ichki yo‘llarni beton qoplamalar bilan ta'mirlash ko‘rsatmasi berilganini aytib o‘tdi. Yo‘llar rekonstruksiyasiga mahalliy aholi jalb qilinadi va bu orqali mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Bundan oldinroq Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Farg‘ona viloyatining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda aholi yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan 11 trln so‘m qiymatga teng bo‘lgan 913ta loyiha shakllantirilgani haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
10:16 / 12.11.2024