Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 11 trln so‘mlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan
Xalqaro press klubning O‘zbekiston prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifiga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov pandemiyaning davlat-tadbirkor munosabatlariga ta'siri xususida to‘xtalib o‘tdi.
«Pandemiya juda yomon. Lekin u davlat organlari rahbarlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga, hokimliklarga tadbirkorlar bilan qanday ishlashni o‘rgatdi. Tadbirkorning ovozini, taklifini har yerda eshitish zaruratini davr ko‘rsatdi.
Shifokor kasalni davolagani bilan g‘ururlanadi. O‘qituvchi bir necha odamga ta'lim bergani bilan g‘ururlanadi. Tadbirkorning g‘ururi xalqqa manfaat keltirish, mahsulot ishlab chiqarish, munosib ish bilan ta'minlash bilan belgilanadi. Farg‘ona viloyati tadbirkorlarida ham shunday g‘urur bor», deya Adham Ikromovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Sessiya davomida ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda aholi yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan 11 trln so‘m qiymatga teng bo‘lgan 913ta loyiha shakllantirilgan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026