O‘zbekiston | 17:43 / 12.08.2021
12580
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon tumaniga uzoq yillar hokimlik qilgan Hasanboy Hakimov pnevmoniyadan vafot etdi

Foto: Auz.uz sayti

Andijon tumaniga 1993-2006 yillar mobaynida rahbarlik qilgan Hasanboy Hakimov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda auz.uz sayti xabar bermoqda.

Hasanboy Hakimov Andijon tumanidagi Xrabek qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab harbiy xizmatda bo‘ldi, so‘ngra sobiq Andijon paxtachilik institutida muhandis-texnik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi.

Marhum mehnat faoliyati davrida Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida slesar, “Asaka motor ta'mir” korxonasida direktor o‘rinbosari, bosh muhandis, direktor lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, 1987-1993 yillar mobaynida viloyat agrosanoat birlashmasi raisi o‘rinbosari, “O‘zselxoztexnika” viloyat birlashmasi raisi kabi mas'ul vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 

Hasanboy Hakimov bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy kengashlarning deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid