Andijon tumaniga 1993-2006 yillar mobaynida rahbarlik qilgan Hasanboy Hakimov 78 yoşida vafot etdi. Bu haqda auz.uz sayti xabar bermoqda.

Hasanboy Hakimov Andijon tumanidagi Xrabek qişloğida dehqon oilasida tuğilgan. Örta maktabni tamomlab harbiy xizmatda böldi, söngra sobiq Andijon paxtaçilik institutida muhandis-texnik yönalişi böyiça tahsil oldi.

Marhum mehnat faoliyati davrida Toşkent qişloq xöjaligi maşinasozligi zavodida slesar, “Asaka motor ta'mir” korxonasida direktor örinbosari, boş muhandis, direktor lavozimlarida işlagan.

Şuningdek, 1987-1993 yillar mobaynida viloyat agrosanoat birlaşmasi raisi örinbosari, “Özselxoztexnika” viloyat birlaşmasi raisi kabi mas'ul vazifalarda faoliyat körsatgan. 

Hasanboy Hakimov bir muddat Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy kengaşlarning deputati sifatida faoliyat körsatgan.