Farg‘onada taksi haydovchisi va mashinasiga hujum qilgan barzangi ushlandi
Farg‘onada taksi haydovchisi mashinasiga g‘isht otgan erkak ushlandi. Ushbu voqeaga guvoh bo‘lib, biror qat’iy chora ko‘rmagan IIB xodimlariga esa xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Farg‘ona shahrida telefoniga javob bermagani uchun Yandex haydovchisining mashinasi oynalarini tosh bilan sindirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi ushlangan.
«Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ikki nafar shaxsning o‘zaro janjallashayotgani aks etgan videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. Yandex firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi, Farg‘ona shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan I.R. qabul qilib, birozdan so‘ng o‘z boshqaruvidagi Cobalt rusmli avtomashinasida S.Sh. turgan S.Temur ko‘chasiga yetib kelgan.
Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati o‘chib qolganidan va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan o‘zaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirib yuborgan.
Holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Sh.S qo‘lga olingan. Hozirda Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Qo‘lga olingan shaxs jamoat joyida tartib buzgani uchun barchadan uzr so‘ragan.
«Uzr, kechirasizlar, juda qizishib ketdim. Bir-birimizni tushunmadik. Jamoat joyida tartibsizlik qilib, qonunni buzganimiz uchun mana, jazosini olib, javob berib o‘tiribmiz. Pushaymonman, fuqarolardan, hammadan uzr so‘rayman, boshqa qaytarilmaydi», deydi u.
Mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.
Videoxabardagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
21:51 / 14.09.2024
Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
19:06 / 14.09.2024
Inbazar do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi
09:45 / 10.09.2024