Jamiyat | 15:37 / 25.02.2026
10294
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma’lumot yo‘q.

Foto: FVV

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ko‘p kvartirali uyda ro‘y bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, 25 fevral kuni soat 14:47 da FVBga «Bo‘ston» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga yetib borgan va hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

FVV soat 18:10 ga kelib portlash oqibatlarini bartaraf etish jarayonida xarobalar ostidan bir kishi jasadi topilganini xabar qildi.

Bundan 9 kun avval, 16 fevral kuni ham Qo‘qondagi uylardan birida gaz portlagandi va buning oqibatida 1 kishi halok bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid