Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi veb-saytlarni blokladi
Ta’kidlanishicha, bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 30 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.
Bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd qilinishicha, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha taklif AOKAga kiritilgan bo‘lib, shundan 30 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.
Xabarda bloklangan saytlarning ro‘yxati keltirilmagan. Shu bilan birga ba’zi saytlar nega bloklanmasdan qolgani ham ma’lum qilinmagan.
Ta’kidlanishicha, qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 46-moddasida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
08:57 / 29.01.2026
15,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar aniqlandi
11:48 / 25.01.2026