Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi veb-saytlarni blokladi
Ta’kidlanishicha, bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 30 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.
Bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd qilinishicha, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha taklif AOKAga kiritilgan bo‘lib, shundan 30 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.
Xabarda bloklangan saytlarning ro‘yxati keltirilmagan. Shu bilan birga ba’zi saytlar nega bloklanmasdan qolgani ham ma’lum qilinmagan.
Ta’kidlanishicha, qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 46-moddasida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
10:50 / 18.05.2026
Uchta davlat tashkilotining 23 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi davlat xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlandi
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
16:30 / 29.04.2026