Jahon | 08:10 / 28.11.2018
45478
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Putinga Tramp orqali xabar yo‘lladi

Foto: AFP

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampdan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga xabar yetkazib qo‘yishni so‘radi. Bu har ikki prezidentning Argentinadagi G20 sammitida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida yuz berishi kerak, deyiladi intervyuning telekanal saytidagi anonsida.

Ta'kidlanishicha, Poroshenko Putindan Ukrainani tark etishni so‘ragan.

«Janob Putin, Ukrainadan chiqib keting», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi NBC.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukraina uchun ustuvor vazifani aytgandi.

«Bugun Kremlga bosim o‘tkazish bizning ustuvor vazifamizga aylanishi darkor», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Mavzuga oid