Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukraina uchun ustuvor vazifani aytdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin mamlakat uchun ustuvor vazifani ma'lum qildi. Bu haqda tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Postda davlat rahbari qo‘llab-quvvatlov uchun Ukraina sheriklariga minnatdorchilik bildirdi.
«Bugun Kremlga bosim o‘tkazish bizning ustuvor vazifamizga aylanishi darkor», - deya ma'lum qildi Poroshenko.
Uning aniqlik kiritishicha, bunday bosim 23 nafar harbiy va uchta kemani Ukrainaga qaytarishga yordam berishi kerak.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishda Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyatga oid masalani ko‘rib chiqish tashabbusini bloklab qo‘ygandi.
Mavzuga oid
21:34 / 07.01.2026
Zelenskiy xuddi Maduro kabi Ramzon Qodirovni ham qo‘lga olishni taklif qildi
21:07 / 07.01.2026
Eng mashhur josuslardan biri Oldrich Eyms AQSh qamoqxonasida vafot etdi
20:38 / 07.01.2026
AQSh harbiylari Atlantika okeanida Rossiya bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga oldi
18:26 / 07.01.2026