Rossiyalik taniqli bloger, instagramda 13 milliondan ortiq obunaçiga ega bölgan Viktoriya Bonya öz sahifasida «xalq nomidan» RF prezidenti Vladimir Putinga murojaat yölladi. 18 daqiqalik videoda Bonya jumladan şunday degan:

Vladimir Vladimiroviç, sizdan qörqişadi. Xalq sizdan qörqadi, blogerlar, san’atkorlar qörqadi, gubernatorlar qörqadi. Siz esa mamlakatimiz prezidentisiz. Menimça, qörqmasligimiz kerak.

Bonya özi Putindan qörqmasligi, çunki «qalbdan» yaşaşini bildirgan. Bloger Putinni kuçli siyosatçi deb bilişini, ammo u «köp narsadan bexabarligi»ni aytgan. U «gubernatorlarning heç biri aytmaydigan» beşta dolzarb muammoni sanab ötgan:

1. Doğistondagi suv toşqini va birinçi kunlarda odamlarga heç qanday yordam körsatilmagani;

2. Anapada plyaj va dengiz mazut bilan ifloslangani va şu vaqtga qadar hodisa oqibatlari töliq bartaraf etilmagani;

3. Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni öldirişga imkon beruvçi qoidalar;

4. Novosibirsk oblastida qoramollar musodara qilinişi va yöq qilinişi;

5. Internet bloklanişi.

Bonya rossiyaliklar töqnaş kelayotgan boşqa muammolarni, jumladan, narxlar keskin oşayotgani hamda kiçik tadbirkorlikdagi muammolarni qayd etgan. «Hozir odamlar bor kuçi bilan dod solmoqda. Ularning oxirgi narsasi tortib olingan va tortib olişda davom etişmoqda. Biznes ölmoqda», – degan u. «Odamlar Google’da Rossiyadan qanday qilib ketişni qidirişmoqda. Bu hozirda eng köp berilayotgan savol», – deya qayd etadi Bonya.

Bonya Valeriya (bloger Lerçek) va uning sobiq turmuş örtoği Artyom Çekalinga qarşi sud işlariga e’tibor qaratişga uringan, şuningdek, «Yedinaya Rossiya» partiyasidan Davlat dumasi deputatligiga saylangan Vitaliy Milonovning ayollarga nisbatan haqoratlari ustidan şikoyat qilib, uni «jirkanç personaj» deb atagan.

Bloger Putinni masalan Max messenjerida «odamlar özlarida nimalar bölayotgani, qanday muammolari borligi töğrisida unga töğridan töğri yozişi mumkin bölgan qandaydir platforma yaratiş»ga çaqirgan. «Bugun xalq nimani öylayotganini köriş kerak. Bu juda muhim», – degan bloger. «Umid qilamanki, bu xabar aloqa örnatiş va barça masalalarni hal qiliş imkonini beradi. Çunki hokimiyat xalqqa xizmat qilişi lozim. Aksi emas», – degan u.

Ötgan vaqt mobaynida 22 million martadan ortiq körilgan, unga 1,1 milliondan ortiq kişi layk bosib, 65 mingdan ortiq izoh