Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ochiq budjet” portalida profilaktika ishlari amalga oshiriladi
Portalda nosozliklar kuzatilayotgani sababli texnik profilaktika ishlari boshlandi. 29 avgust soat 18:00gacha budjet tashabbuslariga ovoz berib bo‘lmaydi. Ovoz berish muddati texnik nosozliklar tufayli yo‘qotilgan kunlar soniga uzaytiriladi.
Foto: KUN.UZ
“Ochiq budjet” axborot portalida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli 29 avgust soat 18:00ga qadar portalda profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, ushbu davr mobaynida “Ochiq budjet” axborot portalidan foydalanish, jumladan “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida loyihalarga ovoz berish imkoniyati bo‘lmaydi.
“O‘z navbatida, “Tashabbusli budjet” 2-mavsumining ovoz berish davri texnik nosozliklar tufayli yo‘qotilgan kunlar soniga uzaytirilishini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgustdan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1 trillion 62 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:37 / 19.12.2025
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi
16:14 / 18.12.2025
“Xalqning haqidan qo‘lingizni torting, hokim bobo!” - Yakkabog‘ning Qayrag‘ochidan murojaat
00:21 / 30.11.2025
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar uchun rag‘batlar e’lon qilindi
10:25 / 25.11.2025