Qashqadaryoda ham bir bola Dok-1 Maks siropidan vafot etdi
Dehqonobod tumanida 5 kun davomida Dok-1 Maks siropini iste’mol qilib kelgan bola vafot etdi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryoda Dok-1 Maks siropini iste’mol qilgan navbatdagi bola vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tuman yashagan, 2021 yil 14 avgustda tug‘ilgan X.Sh. 5 kun davomida o‘z turar joyida Dok-1 Maks siropini iste’mol qilib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli 2022 yil 27 dekabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Bola ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 28 dekabr kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu bolalarning Dok-1 Maks siropidan vafot etishi bo‘yicha 19 holat bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2024
“Dok-1 Maks” ishi. Apellyatsiya instansiyasi dastlabki hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:59 / 18.01.2024
“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchi ota 3 mlrd so‘mlik kompensatsiya talabini 8 mlrd so‘mga oshirdi
12:50 / 13.01.2024
“Bolam 65 kun komada yotdi” – Dok-1 Maks ishida farzandi nogiron bo‘lib qolgan jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi
16:28 / 10.01.2024