Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident adliya vazirini lavozimidan ozod etishi mumkinligidan ogohlantirdi
Xalqaro standartlar sohasidagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri Akbar Toshqulov mas’ul etib belgilandi. U ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, ayrim korxonalarda xalqaro sertifikat yo‘qligi uchun global logistika zanjirlariga qo‘shila olmayapti.
Iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham yetmaydi.
Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi to‘liq isloh qilinib, hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.
Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri Akbar Toshqulov mas’ul etib belgilandi. Ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.
Mutasaddilarga 2024 yilda eng ko‘p eksport bo‘ladigan Yevropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish bo‘yicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga yetkazish topshirildi.
Joriy yilda GSP+ tizimi orqali Yevropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026