Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalarida yangi yo‘nalish ochiladi
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi:
oliy ta'lim muassasalaridagi “Boshlang‘ich ta'lim”, “Tarix”, “O‘zbek filologiyasi”, “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq”, “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablariga “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqini beruvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
2020-2021 o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida “Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yo‘nalishi o‘rniga “Tarbiya va huquq ta'limi” yo‘nalishini ochish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Bundan oldin, maktablarda yangi fan joriy etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025