Tirbandliklarni onlayn kuzatish va yo‘llardagi chuqurlar xaritasi. «Raqamli Toshkent» loyihasi amalga oshiriladi
“Raqamli Toshkent” - raqamli va innovatsion texnologiyalar yordamida shahar boshqaruvining samaradorligini oshirishni hamda shahar aholisi va mehmonlari hayotining sifatini yaxshilashni maqsad qilgan loyiha. Konsepsiya ustida ish olib borish jarayonida hokimlik tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan o‘tkazilgan.

Foto: KUN.UZ
Bugun, 4 mart kuni, Toshkent shahar hokimligi va BMT Taraqqiyot dasturining raqamli rivojlanish sohasidagi hamkorlik hamda innovatsiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir OAV va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi uchun taqdimot shaklida o‘tkazildi.
Poytaxt ma'muriyatining BMT Taraqqiyot dasturi bilan raqamli rivojlanish sohasidagi hamkorligi 2019 yil iyun oyidan, BMT Taraqqiyot Dasturining “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyaning rivojlanishiga ko‘maklashish” dasturi doirasida amalga oshiriladi. Hamkorlik hokimlik xizmatlari va ma'muriy jarayonlarining raqamli transformatsiyasiga, shuningdek shahar boshqaruviga innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan. 2019 yilda ishlab chiqilgan “Raqamli Toshkent” loyihasi raqamli va innovatsion texnologiyalar yordamida shahar boshqaruvi samaradorligini oshirishni hamda shahar aholisi va mehmonlari hayotining sifatini yaxshilashni maqsad qilib qo‘ygan. Vazifa Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda tizim transport, bojxona va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiyasi uchun qo‘llaniladi, bu, o‘z navbatida, mavjud bo‘lgan resurslardan oqilona foydalanish va hokimlik hamda unga qarashli xizmatlar ishining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Loyiha amalga oshishi doirasida poytaxtdagi tirbandliklarni real vaqt rejimida kuzatish, yo‘llardagi chuqurlar xaritasini tuzish, qaysi hududlarda taksiga ehtiyoj yuqori ekanligini aniqlash kabi qator qulayliklardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 07:45
-
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Sport | 07:43
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025