Armanistonning Yerevan şahrida xokkey böyiça jahon çempionati IV divizion öyinlari yakunlandi.
Özbekiston milliy jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etib, birinçi örinni egalladi.
Xokkeyçilar Kuvaytni 13:3, Eronni 20:0, Indoneziyani 26:1 va Malayziyani 18:3 hisobida mağlub etib, Armanistonga bullitlar hisobida 2:3 hisobida yutqazdi. Biroq, töplangan oçkolar musobaqada 1-örinni qölga kiritiş uçun yetarli böldi.

Endi Özbekiston xokkey milliy jamoasi 2026 yili jahon çempionatining III B divizionida iştirok etadi.
Özbekiston tarixidagi ilk milliy jamoa tarkibi özbek xokkeyining yoş tarbiyalanuvçilari va Toşkentning «Humo» klubida öynaş tajribasiga ega bölgan bir qator rossiyaliklardan tuzildi.
Terma jamoa tayançi «Humo» klubi xokkeyçilaridan iborat. Mahalliy xokkeyçilardan Javohir Rasulov jamoa sardori böldi. Qolgan xokkeyçilar rossiyaliklardir: Artyom Malsev, Daniel Kogan, Ilya Nazareviç, Vasiliy Jilov, Yegor Dorofeyev, şuningdek, Pavel Sinyavskiy. Terma jamoa boş murabbiyi latviyalik mutaxassis Normunds Seyyes böldi.








