Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşining 9 aprelda ötkazilgan navbatdan taşqari yiğilişida Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga kiruvçi bir qator tarixiy obektlarga oid ta’mirlaş-tiklaş loyihalari körib çiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Zarqaynar köçasida joylaşgan Abu Bakr Kaffol Şoşiy maqbarasi, Baroqxon va Möyi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillaşayx masjidlari böyiça taqdim etilgan restavratsiya loyihalari kengaş a’zolari tomonidan körib çiqilib, bir ovozdan ma’qullangan.
Ta’kidlanişiça, loyihalarda yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanişi va devor tagi töşamasi maxsus obi ğişt — 250×250×50 ölçamdagi xumdonda pişirilgan musulmon ğiştidan foydalaniş şarti bilan tasdiqlangan.
Mazkur işlar böyiça ijro va nazorat Madaniy meros agentligining Toşkent şahar boşqarmasi va «Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasiga yuklatilgan.
Şuningdek, Navoiy viloyatidagi Qiziltepa tarixiy muzeyini ta’mirlaş va Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida joylaşgan Manak ota ziyoratgohida maqbara hamda yordamçi binolar quriş loyihalari ham Kengaş tomonidan ma’qullangan.

















