Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 5 kun davomida aholiga bepul osh tarqatiladi - to‘yxonalar ro‘yxati e’lon qilindi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar to‘yxonalarida ehtiyojmand aholi, kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish bo‘limi va YHXB xodimlariga bepul osh tarqatilishini ma’lum qildi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahrida kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoiti tufayli 12-16 yanvar kunlari aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.
«Ayni kunlarda poytaxtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoiti tufayli 12-16 yanvar kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari borishi mumkin», deyiladi xabarda.
Hokimlik tomonidan osh tarqatiladigan to‘yxonalarning ro‘yxati va soati keltirilgan. Dastlabki tadbir Yakkasaroy tumanidagi «Tabassum» to‘yxonasida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:04
Toshkentda xavfli retsidivist erkak hindistonlik sayyohning pulini tortib oldi
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026