Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
Prezident sanoat rejasiga chiqa olmagani uchun Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari hokimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasini ko‘rishni tayinladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.
Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.
Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.
Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.
Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Ma’lumot uchun:
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniga 2023 yil avgustidan buyon Xurshid Usmonov hokimlik qilmoqda;
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga 2026 yil martidan buyon Jasur Tursunov hokimlik qilmoqda;
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga 2023 yil avgustidan buyon Fayzulla G‘ulomov hokimlik qilmoqda;
Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga 2024 yil aprelidan buyon Odil Musanov hokimlik qilmoqda;
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumaniga 2025 yil avgustidan buyon Asilbek Ashurov hokimlik qilmoqda;
Jizzax viloyati Yangiobod tumaniga 2021 yil yanvaridan buyon Ibrohim Qarshiboyev hokimlik qilmoqda;
Navoiy viloyati Navbahor tumaniga 2025 yil noyabridan buyon Alisher Rashidov hokimlik qilmoqda;
Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga 2021 yil dekabridan buyon Dilmurod Qodirov hokimlik qilmoqda;
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumaniga 2025 yil dekabridan buyon Farrux Xoliqov hokimlik qilmoqda;
Farg‘ona viloyati Furqat tumaniga 2024 yil avgustidan buyon Elyor Asronqulov hokimlik qilmoqda;
Xorazm viloyatining Shovot tumaniga 2025 yil martidan buyon Murodbek Davlatov hokimlik qilmoqda;
Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga 2024 yil sentabridan buyon Bobur Abubakirov hokimlik qilmoqda;
Toshkent shahrining Sergeli tumaniga 2025 yil dekabridan buyon Davron Ismatov hokimlik qilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
22:57 / 23.04.2026
Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi
22:00 / 23.04.2026