O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda AES qurish bo‘yicha imzolangan shartnoma kuchga kirdi
“Rosatom” delegatsiyasining Jizzaxga tashrifi doirasida 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha shartnomaning kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. Qurilish ishlari bo‘yicha shtab tashkil etilib, zarur infratuzilma va quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: O‘zatom matbuot xizmati
26 iyun kuni “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) maydonida qurilish bo‘yicha birinchi shtab tashkil etildi, deya xabar bermoqda “O‘zatom” agentligi.
Ma’lum qilinishicha, qurilajak 6 blokli AES uchun kuz oylarida infratuzilma obektlari yaratilishi reja qilingan. Tomonlar shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash, barcha infratuzilma bilan ta’minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, “O‘zatom” agentligi rahbari ishtirokida AES qurilishi bo‘yicha shartnomaning kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi. Bayonnomani “O‘zatom” agentligi AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Omonov va “Atomstroeksport” AJning Markaziy Osiyoda AES qurilishi loyihasi direktori Pavel Bezrukov imzoladi.
Rossiya delegatsiyasining qurilish maydoniga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev bilan ham uchrashuv tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurish bo‘yicha shartnoma 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, “O‘zatom”ning AES qurilish direksiyasi va “Rosatom”ning “Atomstroyeksport” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan edi.
Putinning ushbu tashrifi doirasida, shuningdek, O‘zbekistonda AES qurish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida 2018 yil 7 sentabrda imzolangan hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida bayonnoma ham tasdiqlangan edi.
“O‘zatom” agentligi kam quvvatli AES qurilishi ishlari shu yil yozdayoq boshlanishi, ilk reaktor 5 yildan keyin ishga tushirilishini ma’lum qilgan. Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari ma’lum emas.
Stansiya Jizzax viloyatining Forish tumanida, Tuzkon ko‘li yaqinida – avvalroq katta AESni joylashtirish ko‘zda tutilgan joyda quriladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

21:20 / 28.04.2025
“Agar emas, qachonki...” - Lixachev O‘zbekistonda katta AES qurilishi haqida

00:46 / 28.04.2025
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025