Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi
To‘rt g‘ildirakli robot profilaktika inspektori yordamchisi vazifasini bajaradi. U GPS tizimi, yozib olish funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan.
Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi.
Voqea guvohlari poytaxt ko‘chalarida kamera va miltillovchi chiroqlar bilan jihozlangan to‘rt g‘ildirakli robotni payqadi. Robot profilaktika inspektori yordamchisi vazifasini bajaradi.
U shahar va qishloq joylarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan. To‘rt g‘ildirakli yordamchi GPS tizimi, yozib olish funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan. Mayoq qoidabuzarliklar haqida ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.
Mashina barcha turdagi huquqbuzarliklarni, hatto chiqindini noto‘g‘ri joyga tashlashni ham yozib olishi mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar profilaktika inspektorining planshetiga yuboriladi.
Mavzuga oid
15:44 / 13.11.2024
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
21:58 / 25.10.2024
Sun’iy intellektga ega robot tomonidan chizilgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin
19:43 / 21.10.2024