Toşkentda jamoat tartibini nazorat qiluvçi robot sinov rejimida işlay boşladi.
Voqea guvohlari poytaxt köçalarida kamera va miltillovçi çiroqlar bilan jihozlangan tört ğildirakli robotni payqadi. Robot profilaktika inspektori yordamçisi vazifasini bajaradi.
U şahar va qişloq joylarda jinoyatçilikning oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan. Tört ğildirakli yordamçi GPS tizimi, yozib oliş funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan. Mayoq qoidabuzarliklar haqida ogohlantiriş uçun möljallangan.
Maşina barça turdagi huquqbuzarliklarni, hatto çiqindini notöğri joyga taşlaşni ham yozib olişi mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar profilaktika inspektorining planşetiga yuboriladi.












