O‘zbekiston | 21:47 / 08.11.2018
5365
4 daqiqa o‘qiladi

Mehmon uylari: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi o‘z tuzilmasi safini kengaytiradi

O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlar uyushmasi (XSTU) o‘z tuzilmasida mehmon uylarini qo‘llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi bo‘lim faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. XSTU raisi Gulchehra Isroilova KUN.UZ muxbiriga shu haqida ma'lum qildi.

Yevropa Ittifoqining "Markaziy Osiyo barqaror va iqtisodiy rivojlanishi uchun biznes-uyushmalar orqali qishloq va ekoturizmni kuchaytirish" loyihasining bosh menejyeri Naut Kasters bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra, shunday bayonot bildirildi.

Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi

Loyiha doirasida mehmon uylari salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Dastur bir necha yil ilgari mamlakat rahbariyati tomonidan mehmon uylarini ro‘yxatdan o‘tkazishni maksimal darajada soddalashtirish va tadbirkorlarning xususiy mehmon uylarini yaratishlarini faollashtirishga doir qaror qabul qilinganidan so‘ng yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi

"Mazkur loyihaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mehmon uylari rivojlanishiga turtki beruvchi Mehmon uylari jamoatchilik birlashmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi hisoblanadi", - deydi Gulchehra Isroilova. - Biroq biz bu masalani uyushmamiz tuzilmasida shunday bo‘lim ochish bilan hal qilishni taklif etamiz. Bu bo‘lim mehmon uylarini turistik infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi

XSTU mehmon uylarini qo‘llab-quvvatlashda salmoqli tajribaga ega. Uyushma mehmon uylariga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan konsalting va ta'lim dasturlarini taklif qilishga tayyor. Shuningdek, mehmon uylari egalariga o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda.

Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi

Bugunga kelib, XSTU eng yirik turistik operatorlar birlashmasi hisoblanadi. Ushbu "oila"ga mehmon uylarining qabul qilinishi bir sohada ishlovchi tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatilishi yo‘lida xizmat qiladi.

Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi
Foto: Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi

Gulchehra Isroilova loyiha doirasida ko‘p tadbirlar xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tayotgani, ular o‘zbekistonliklar bilan o‘z tajribalarini bo‘lishayotganini qo‘shimcha qildi.

"Xususan, Naut Kasters O‘zbekistonga tashrifi doirasida yangi mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayoni faol kechayotgan Samarqand viloyatida bo‘ldi. U "Go‘ri Amir" mahallasida oqsoqol va faollar bilan uchrashdi. Ushbu mahalla shaharning turistik markazida joylashgan bo‘lib, bugunga kelib u yerdagi ko‘plab kishilar mehmon uylari ochishni rejalashtirishmoqda. Kasters bir necha mehmon uylarida bo‘lib, uy egalari bilan bunday biznesni yuritish tajribasi bilan bo‘lishdi", - deydi u.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid