Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi
Ushbu bot orqali O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlar asosida fuqarolarni birinchi navbatda O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi.
Foto: Turizm qo‘mitasi
Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan o‘zbekistonliklar noqulay vaziyatlarda qolib ketishining oldini olish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot ishga tushirildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bot orqali O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin.
Mazkur ma’lumotlar asosida fuqarolarni birinchi navbatda O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi.
Qo‘mita ushbu bot orqali murojaat qoldirishda fuqarolardan aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.
Avvalroq Yaqin Sharq davlatlaridan 19 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
10:13 / 08.04.2026