Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori oktanli benzindan boshqa yoqilg‘ilar uchun aksiz solig‘i stavkalari o‘zgaradi
O‘zbekistonda 2024 yil 1 apreldan boshlab benzinning AI-80 markasi, dizel, metan va propan uchun aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga oshiriladi. AI-91 va undan yuqori oktanli benzin uchun aksiz stavkalari o‘zgarishsiz qoladi.
Foto: iStock
Bu – 2024 yilgi davlat budjeti qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarda ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yil oxirida e’lon qilingan Budjetnomada faqat AI-80 benziniga aksiz solig‘i indeksatsiya qilinayotganiga to‘xtalib, buni “aholi salomatligiga salbiy ta’sirlarni kamaytirish va tabiatga keltiriladigan zararlarni qisqartirish maqsadi” bilan izohlagan edi.
AI-91 va undan yuqori oktanli benzin mahsulotlari esa yevrostandart talablariga javob berishi sababli ularga nisbatan amaldagi stavka o‘zgarishsiz qolishi bildirilgan.
Biroq AI-91 benzinidan ham ko‘ra ekologiya uchun zararsizroq yoqilg‘i turlari – suyultirilgan (propan) va siqilgan (metan) tabiiy gaz uchun aksiz solig‘i oshirilayotganiga izoh berilmagan.
Vazirlikka ko‘ra, aksiz solig‘idagi bu o‘zgarishlar AI-80 benzini narxining 1 foizga yoki 88 so‘mga oshishi, metan narxi esa 3 foiz yoki 84 so‘mga oshishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 31 dekabr kuni AI-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilishning vaqtinchalik muddati yakunlandi va UNG shoxobchalarida bu markadagi benzin narxi 6050 so‘mdan 6800 so‘mga ko‘tarildi. Xususiy shoxobchalarda narxlar bundan yuqoriroq.
Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Energetika vazirligi xususiy AYoQShlarda AI-80 benzini narxini 8000 so‘mdan oshirmaslik bo‘yicha huquqiy mexanizm joriy etish yuzasidan hukumatga taklif kiritgan.
Mavzuga oid
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
15:22 / 30.12.2025
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025