Jahon | 21:35 / 02.01.2021
18280
1 daqiqa o‘qiladi

«Odam amfibiya»ni o‘ynagan aktyor Vladimir Korenev koronavirusdan vafot etdi

Sovetlar davridagi «Odam-amfibiya» filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Vladimir Korenev vafot etdi. O‘tgan yilning 20 iyunida aktyor 80 yillik yubileyini nishonlagandi. Aktyorning qizining aytishicha, uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.

Vladimir Korenev

«O‘limi oldidan u koronavirusga chalinib, «qizil hudud»da yotgandi», deya xabar bergan «Interfaks»ga Irina Koreneva. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aktyor o‘limi yuzasidan hamdardlik bildirgan. «U ko‘p qirrali, o‘z sohasining yorqin insoni edi», degan Putin.

Vladimir Korenev 1940 yilning 20 iyunida Sevastopolda tug‘ilgan. Teatr va kino aktyorligidan tashqari u pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullangan. Talabaligining so‘nggi bosqichida Korenev rejissyor Vladimir Chebotarevning «Odam amfibiya» filmida bosh rolni o‘ynagan va mashhurlikka erishgan.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid