Sud Toshkent shahar hokimligiga 9 yil oldingi «snos» uchun zararni qoplashni yukladi
25 dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida Shayxontohur tuman prokuraturasining tadbirkor foydasiga shahar hokimligidan 1,2 milliard so‘mga yaqin zararni undirish bo‘yicha da'vo arizasi ko‘rib chiqildi.
Masala tarixi 2011 yilga borib taqaladi. Toshkent shahrining o‘sha vaqtdagi hokimi Rahmonbek Usmonov qarori bilan, Alisher Navoiy ko‘chasidagi do‘konlar buzilgan. Do‘konlardan birining egasi – tadbirkor Nogay Sergeyga hozirga qadar kompensatsiya to‘lanmay kelmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sudya Nuriddin Murodov poytaxt hokimligidan tadbirkorga 1 milliard 198 million 110 ming so‘m undirish bo‘yicha qaror chiqargan.
Hokimlik vakillari da'voni tan olib, uni asosli deb hisoblashini bildirgan.
Avvalroq, «Toshkent siti» qurilishi sabab buzilgan restoran uchun 14,9 mlrd so‘m kompensatsiya 3 yildan so‘ng qoplab berilgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024