Toşkent şahar hokimligi «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ hisobiga 14,9 mlrd söm qarzdorlikni töliq tölab berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Mehnat Agrofirmasi» MÇJ yuristi Sanjar Muhammadjonovning ta'kidlaşiça kompensatsiya tölovi joriy yil 24 dekabr kuni Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan firmaning bankdagi hisobraqamiga ötkazib berilgan.
Kun.uz’da mavjud ma'lumotlarga köra, hokimlik MIB Çilonzor tumani bölimi tomonidan kiritilgan ijro varaqalariga asosan 17 ta tadbirkorlik sub'yektiga jami 79,9 mlrd söm kompensatsiya mablağlarini tölab bergan.
Eslatib ötamiz, 21 noyabr kuni Kun.uz caytida bu haqda tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
«Mehnat Agrofirmasi» MÇJga tegişli bölgan «Marmaris» restorani «Toşkent siti» qurilişi munosabati bilan 2017 yilda heç qanday tölov bermasdan buzib taşlangan edi. Inşoot «Veritas» MÇJ baholovçi taşkiloti tomonidan 14 mlrd 856 mln sömga, yetkazilgan zarar miqdori esa 2 mlrd 377 mln sömga baholanadi.
Restoran mulkdori yetkazilgan zararning qoplanişini sörab yozgan barça murojaatlari e'tiborsiz qoldirilgaç, «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritadi. 2020 yil 8 iyul kuni sud javobgar Toşkent şahar hokimiyati hisobidan «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ foydasiga 14 mlrd 856 mln söm kompensatsiya tölovi undiriş haqida hal qiluv qarori çiqaradi.
MIB poytaxt hokimligidan 150 dan oşiq haqdorlar borligi, Toşkent şahar hokimligining 917 ta köçmas mulkiga, transport vositalariga band solib qöyilganini aytib 3 oygaça mulk undirolmay yurgan.
19 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev turli davrlarda Toşkent şahrida davlat taşkilotlari va hokimiyat ehtiyojlari uçun buzib taşlangan xususiy mulklar egalariga qarzdorlik 2021 yil oxirigaça qaytarilişini ma'lum qilgan edi.
«Albatta, heç qörqmasdan aytişim mumkinki, bu yil Toşkent şahar hokimligi 2005 yildan boşlab buzilib ketgan mulklarning pulini töladi. Aytmoqçimanki, bizning hisoblarimiz bor, kelasi yilning oxirigaça joyi buzilgan birorta ham odam tölovsiz qolmaydi. 2021 yilda 2005 yildan bugungaça buzilgan hamma binolar adolatli bölsa, narx tafovuti töğri bölsa yoki sud qarori bölsa, puli tölanmasdan qolmaydi. Pulini beramiz yoki yer körinişida beramiz. Yerini berolmasak, boşqa mulk körinişida beramiz”, — degan edi Toşkent şahar hokimi.

















