Oliy sudda jiddiy kadr almashinuvlari ro‘y bermoqda
Uch nafar sudyaning arizasi olingan. Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining barcha xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi xabar berdi.
Oliy sud Markaziy mahkamasining turli lavozimlarida ishlovchi 21 nafar xodimi vazifalaridan ozod etilib, ularning ayrimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, ayrimlari quyi sudlarga tushirilgan.
Kun.uz manbasi so‘zlariga ko‘ra, Oliy sud Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasining barcha xodimlari yoppasiga ishdan chetlatilgan. Boshqarma tarkibi to‘liq yangilangani aytilmoqda.
Tegishli hay’at sudyalar bo‘yicha ham rokirovkalar amalga oshirilmoqda.
Oliy sudning uch nafar sudyasining ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizalari olingan (ism-shariflari haqida ma’lumotlar tahririyatda bor). Ular Senat kengashi yig‘ilishi tasdig‘iga kiritilishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida ko‘plab boshqarma boshliqlari ham o‘zgarishi mumkin.
Ushbu kadrlar almashinuvi Oliy sud raisi o‘zgarishi ortidan yuz bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident administratsiyasining yangi rahbari Sardor Umrzoqov Oliy sud yangi raisini jamoaga tanishtiruv jarayonida sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketganini aytgandi.
Avvalroq, Kun.uz saytida Oliy sud Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi (Aziz Obidov) boshchiligidagi Oliy sud Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining o‘z ishiga yondashuvi o‘zgarmas ekan, g‘ayriqonuniy hukm va qarorlar qabul qilishdan qaytmaydigan sudyalar “ko‘zini ochishi”ga ishonib bo‘lmasligi haqida yozilgandi.
Mavzuga oid
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
14:44 / 21.09.2024
Senatda Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi
21:57 / 23.07.2024
Oliy sud fuqaroning ijtimoiy norma bo‘yicha shikoyatini qabul qilmadi
22:11 / 19.07.2024