Jahon | 08:12 / 20.04.2018
49886
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada olomon zo‘ravonni timsohlarning oldiga tashlab yubordi

Meksikaning San-Frantsisko-Ixuatlan shahrida darg‘azab olomon yosh ayolni zo‘rlashda gumon qilingan erkakni timsohlar bo‘lgan volerga tashlab yubordi. Bu haqda Newsweek xabar qilmoqda.

20 yoshli erkak politsiya tomonidan nomusga tegish va keksa ayolga hujum qilishda gumonlanib qamoqqa olingandi.

U politsiya uchastkasiga olib kelinganidan bir necha daqiqa o‘tib, u yerga mahalliy aholi vakillari bostirib kirishdi va erkakni ko‘chaga olib chiqib, do‘pposlashdi.

Shundan so‘ng olomon erkakni yaqin oradagi bog‘ga olib kelishgan va ikkita timsoh bo‘lgan volerga tashlab yuborishgan.

Politsiya xodimlari erkakni timsohlar unga yetib olishidan oldin qutqarishdi. U ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid