Jahon | 10:38 / 01.11.2021
17212
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlarga genom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklanishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Rossiyada migrantlar genom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Qayd etilishicha, Rossiyada mamlakatga yaqin va qo‘shni davlatlardan kelgan barcha mehnat muhojirlariga genom bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklab qo‘yilishi lozim. 

Aleksandr Bastrikin bunday choraga bo‘lgan ehtiyojni mamlakatga kelganlar tomonidan sodir etilayotgan o‘ta xavfli jinoyatlar sonining ortib borayotgani bilan bog‘lagan.

«Migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tarkibida ijtimoiy xavfliligi oshgan noqonuniy xatti-harakatlar soni ortib borayotgani kuzatildi. Xususan, ekstremizm – 33 foizga, terrorizm – 26 foizga, qotillik – 8 foizga, nomusga tegish – 5 foizga ko‘payishi tendensiyasi qayd etildi», deya ma'lum qilgan Bastrikin.

Avvalroq, O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirishni taklif qilgandi.

“2017 yilda imzolangan tashkiliy ishga qabul qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv pandemiya davrida mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda yangilanish va tuzatishlarni talab qiladi. Ishga qabul qilish tartib-taomillarini ham xodim, ham ish beruvchi uchun imkon qadar sodda va qulay qilib, har ikki tomon uchun zarur kafolatlarni ta'minlash zarur”, dedi O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuvda.

Mavzuga oid