Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi barcha temiryo‘l stansiyalari nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi
Hukumat qarori bilan, respublika bo‘ylab 320 ta temiryo‘l obekti: vokzallar, stansiyalar va raz’yezdlar nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlashtirilmoqda. Xususan, endi Qo‘ng‘irot tumanidagi vokzal nomi hujjatlarda “Kungrad” emas, “Qo‘ng‘irot”; Asaka tumanidagi temiryo‘l stansiyasi “Assake” emas, “Asaka”; Pastdarg‘omdagi stansiya “Djuma” emas, “Juma” deb ataladi.
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga qarashli vokzallar, stansiyalar, raz’yezdlar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilmoqda. Bu haqda 17 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” 3 oy muddatda temir yo‘l vokzallari, temir yo‘l stansiyalari va temir yo‘l raz’yezdlarida o‘rnatilgan peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishini ta’minlashi lozim.
Nomlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Nomi davlat tili qoidalariga moslashtiriladigan obektlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta vokzal, stansiya va raz’yezdlar kiritilgan.
Ro‘yxat:












Mavzuga oid
14:55 / 25.11.2025
Polshada temiryo‘l diversiyalari ishi bo‘yicha Ukraina fuqarosi ushlandi
14:10 / 18.11.2025
O‘zbekistonda suv obektlarining davlat tilidagi ro‘yxati tasdiqlandi
16:58 / 13.11.2025
“Temiryo‘lni 5 yilda qurib bitkazamiz” – Qirg‘iziston transport vaziri
12:23 / 31.10.2025